O‘zbekistonliklar ilk bor kompleks sport musobaqalarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 25-iyun sanasidan boshlab Rossiyaning Yakutsk shahrida «Osiyo bolalari» VIII xalqaro sport o‘yinlariga start berilgan edi.
Mazkur nufuzli musobaqalarda 30 ta jamoa (24 ta davlat va 6 ta Rossiya hududiy jamoalari) 2 ming nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur musobaqalarda 11 ta olimpiya va 5 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha jami 176 nafar (99 nafar o‘g‘il va 77 nafar qiz bolalar) 14-17 yoshdagi sportchi yoshlari bilan qatnashdi.
Musobaqa yakunida O‘zbekiston sport delegatsiyasi jami 88 ta, shundan 36 ta oltin, 31 ta kumush, 21 ta bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Yuqori natijaga erishgan sportchilarning qariyb 50 foizi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘quvchilari bo‘lib, ular kelgusi yilda Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan kontingent hisoblanadi.
«Osiyo bolalari» VIII xalqaro sport o‘yinlari tarixida taekvondo sport turi bo‘yicha 4 ta oltin, sambodan 2 ta oltin, kurash sport turi bo‘yicha 8 ta oltin, suzish sport turi bo‘yicha 4 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, 5 ta sport turida (boks, dzyudo, kurash, sport kurashlari, taekvondo) O‘zbekiston milliy terma jamoalari sportchilari umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter