Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning 60 foizini turkiy davlatlar fuqarolari tashkil qilmoqda

O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning 60 foizini turkiy davlatlar fuqarolari tashkil qilmoqda

O‘zbekistonga tashrif buyuradigan umumiy sayyohlarning 60 foizi Turkiya, Ozorbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shundan 30 foizi Qozog‘istondan tashrif buyuradigan fuqarolar hisoblanadi.

Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayogan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari yig‘ilishi doirasidagi tadbirda Turizm va madaniy meros vazirining maslahatchisi Temur Mirzayev ma’lum qildi.

Temur Mirzayev, shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi potensiali xususida to‘xtaldi.

– Turkiya 2022-yilning o‘tgan davrida 47 million sayyoh qabul qildi. Ozarbayjonda bu ko‘rsatkich pandemiyadan so‘ng o‘sib bormoqda: 1 mln sayyoh. Shuningdek, Qozog‘istonga – 80 ming, Qirg‘izistonga – 3,8 mln va O‘zbekistonga 3,6 mln nafar sayyohlar tashrif buyurib, bu ko‘rsatkich yil yakunida 5 mln atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Tashkilot doirasida kelishuvga erishilishi kutilayotgan va mavjud transport-logistika borasidagi qulayliklar kelgusida TDTga a’zo davlatlarga uchinchi davlatlardan sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Mirzayev.

Qayd etilishicha, mamlakatlar kesimida – Ozarbayjondan O‘zbekistonga 2018-yilda 10 465 sayyoh kelgan bo‘lsa, 2022-yilning so‘nggi 9 oyida esa 5,4 ming kishi O‘zbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyurgan.

Xuddi shuningdek, 2018-yil davomida Turkiyadan tashrif buyurganlar sayyohlar soni 41 299 kishini, 2022-yilning 9 oy davomida esa 56 792 kishini tashkil qilgan. Qirg‘izistondan esa 2018-yilda 1 mln. 56 ming sayyohni, 2022-yilning 9 oyida bu raqam 920 ming kishini tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring