Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga italiyalik turistlar tashrifi qariyb 5 barobarga oshgan

O‘zbekistonga italiyalik turistlar tashrifi qariyb 5 barobarga oshgan

2023-yilning yanvar-aprel oylarida 5 004 nafar  Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 953 nafarga yoki 4,8 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:

  • dam olish (turizm) – 4 287 nafar
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 490 nafar
  • xizmat yuzasidan – 181 nafar
  • o‘qish maqsadida – 36 nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring