Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yong‘inlar kelib chiqishining asosiy sabablari aytildi

O‘zbekistonda yong‘inlar kelib chiqishining asosiy sabablari aytildi

Kecha, 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida FVV mas’ullari O‘zbekistonda yong‘inlarning kelib chiqish sabablari haqidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2023-yilning 6 oyi davomida respublikada 40 foiz elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, 23 foiz olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14 foiz isitish pechlari va gaz uskunalarini o‘rnatish, ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi, 9 foiz bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida, 7 foiz chekib uxlab qolish, 5 foiz transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarini buzilishidan, 2 foizi texnologik hodisalardan va texnologik jarayonning buzilishidan hamda boshqa sabablarga ko‘ra yong‘inlar sodir bo‘lgan.

Matbuot anjumanida mas’ullar ishtirokchilarni 2023-yilning ikkinchi yarmida respublikada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring