Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari qimmatlayapti

O‘zbekistonda yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari qimmatlayapti

Transport vazirligi aholini temiryo‘l chiptalari narxlarida o‘zgarish bo‘layotganidan ogohlantirmoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018-yilda mahalliy yo‘nalishlarda, 2019-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdida qayta ko‘rib chiqilgan va oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.

Shuningdek, 2019-2022-yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida Respublikada ish haqi miqdori 2,4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi, qolaversa, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temiryo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlash ishlarini amalga oshirish uchun chiptalar narxiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Yo‘lovchi tashish xo‘jaligidagi yo‘lovchi chiptalarni 2023-yilning 20-oktyabr sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100 foizga oshirilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring