Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ruxsat etilgan xorij telekanallari ro‘yxati kengaytirildi

O‘zbekistonda ruxsat etilgan xorij telekanallari ro‘yxati kengaytirildi

Shu kunga qadar O‘zbekistonda tarqatilishiga ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanallar umumlashtirilib, ularning asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar ro‘yxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Ushbu ro‘yxatga:

  • ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishga va yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan 35 ta;
  • filmlar va seriallar namoyishiga mo‘ljallangan 37 ta;
  • «National Geographic Channel» kabi ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, ma’rifiy yo‘nalishdagi 34 ta;
  • bolalar va o‘smirlar auditoriyasiga mo‘ljallangan 27 ta;
  • sportga oid mavzularni yoritishga ixtisoslashgan 20 ta;
  • musiqiy-ko‘ngilochar kontent tarqatuvchi 39 ta xorijiy kanal kiritilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ro‘yxatga kiritilgan xorijiy telekanallar pullik televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali (ya’ni, efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlari va Internet platformalar) tarqatiladi. Xorijiy telekanallarni O‘zbekiston hududida tarqatish mualliflik va turdosh huquqlar sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring