O‘zbekistonda ommaviy tartibsizlik sodir etish uchun tayyorgarlikdan o‘tishga javobgarlik belgilanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 11 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Majlisda ta’kidlanganishicha, bugungi kunda ommaviy tartibsizliklar mamlakatdagi tinchlikka putur yetkazuvchi, jamiyat osoyishtaligiga rahna soluvchi omil bo‘lib bormoqda. Shu sababli, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar jalb qilinib, bunday harakatlar keng moliyalashtirilmoqda.
Amaldagi qonunchilikda ommaviy tartibsizliklar tashkil qilganlik, ularda faol qatnashganlik va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsa-da, biroq ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik, ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik mavjud emas.
Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasida ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilindi.
Qonun loyihasi deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter