O‘zbekistonda ekstremal turizm rivojlantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan turizmni yanada rivojlantirishga doir videoselektor yig‘ilishida mamlakatda ekstremal turizmni rivojlantirish istiqbollari haqida to‘xtalib o‘tildi.
«Umuman olganda, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshayapti. Buning uchun Parkent, Bo‘stonliq, Parkent va Aydarko‘lda imkoniyatlar yetarli. Mo‘ynoqda ham parashyut bilan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish mumkin. Buning uchun alohida havo hududi bo‘lishi kerak», – dedi davlat rahbari.
Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilishga topshiriq berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter