Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda avtomobillar savdosi rekord darajada o‘sdi

O‘zbekistonda avtomobillar savdosi rekord darajada o‘sdi

Noyabr oyida respublika bo‘yicha 159 mingdan ortiq avtotransport vositalari sotildi, bu oktyabr oyiga nisbatan 41foiz ko‘p.

Mazkur ma’lumot Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni qilgan tahlilida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning barcha hududlarida faollikning o‘sishi kuzatilgan. Xususan, noyabr oyida sotuvlarning eng katta o‘sishi Toshkent shahrida (2 baravar) hamda Farg‘ona (57 foizga) va Surxondaryo (47 foizga) viloyatlarida qayd etildi.

Umuman olganda, yil boshidan buyon respublikada avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar ko‘payib, 1,3 million avtotransport vositasini tashkil etdi.

Jumladan, ushbu oyda birlamchi avtomobil bozoridagi savdo ham sezilarli darajada oshdi. Xususan, ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalari soni bir yilda 68 foizga oshdi.

Ikkilamchi avtomobil bozoridagi savdoda esa respublika bo‘yicha 126 mingdan ortiq avtomobil sotuvi qayd etilgan. Bu oktyabr oyiga nisbatan 38 foizga ko‘p. Yil davomida esaikkilamchi avtomobil bozori 2,5 baravar o‘sgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring