Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromadlar 2030 yilgacha 4 ming dollarga yetkaziladi

O‘zbekistonda aholi jon boshiga daromadlar 2030 yilgacha 4 ming dollarga yetkaziladi

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish maqsadlariga ham o‘rin berilgan.

Unga ko‘ra, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan ta’minlash hamda yillik inflyasiyani 5-6 foiz darajasida ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari:

  • iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish.
  • davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 50 foizdan oshmasligi uchun o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga oshirish.
  • asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha 7 foiz atrofida o‘sishini ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshirish ham maqsad qilingan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring