Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yana bir davlat – Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston yana bir davlat – Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ushbu davlat O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 144-davlat bo‘ldi.

2023-yilning 15-iyun kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Trinidad va Tobago o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolangan.

Hujjatni ikki mamlakat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Trinidad va Tobagoning BMTdagi doimiy vakili Dennis Frensis imzoladi.

Bu davlat Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, shuningdek, Amerika Davlatlari Tashkilotiga a’zo hisoblanadi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

“Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi”, – deyiladi O‘zbekiston TIV munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring