O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligini faollashtiradi
2023-yil 8-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki davlat Prezidentlarining 2022-yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, TIVlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish, savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish va qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ishchi guruhi va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter