O‘zbekiston «toza energiya»ni rivojlantirish uchun $143 mln qarz olyapti
Joriy yil 30-mart kuni Jahon banki ishtirokidagi «O‘zbekiston binolari uchun toza energiya» loyihasi doirasida bankning Xalqaro taraqqiyot uyushmasidan qarz mablag‘larini jalb qilishga oid Prezident qarori imzolandi.
Bunda ijtimoiy soha ob’yektlarida energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi sarfini tejash, ularni energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlash maqsadida 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 143 mln AQSh dollari miqdorida qarz mablag‘larini jalb qilish nazarda tutiladi.
Bu haqdagi qaror esa Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan 2022-yil 24-iyunda ma’qullangan.
Loyihada 138 mln dollar jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish hamda toza energiya uchun investitsiya kiritishga, 5 mln dollar esa loyiha doirasidagi texnik ishlarga sarflanadi.
Loyiha 2023-2028 yillar davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshiriladi.
Bunda qarz mablag‘larini qaytarish manbalari etib, modernizatsiya qilingan obyektlarda kommunal xizmatlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘larning iqtisod qilinadigan qismi hamda iqtisod qilingan mablag‘larning yetmagan qismi bo‘yicha Davlat budjeti mablag‘lari belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter