O‘zbekiston TIV Pokistonning Bajaur hududidagi teraktni qoraladi
Bir muddat oldin Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan terakt oqibatida 44 kishi qurbon bo‘lgani va 200 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov mazkur voqeani «terrorchilik hujumi» deb atadi va jabrlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
«Pokistonning Bajaur hududidagi siyosiy qurultoyda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lganidan chuqur qayg‘udamiz. Qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Bu og‘ir damlarda birodar Pokiston bilan birgamiz», – deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter