O‘zbekiston tibbiy jihozlar xaridi uchun Janubiy Koreyadan qarz oladi
Janubiy Koreya hukumati Koreya eksport-import bankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasidan O‘zbekistonga 40 yil muddatga jami 74 mln AQSh dollari ekvivalentidagi Koreya vonida imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi.
Joriy yil 31-iyulda imzolangan PQ-252-qarorga ko‘ra, mazkur mablag‘lar aholining sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini kengaytirish, hududiy tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan «Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash» loyihasi uchun jalb qilingan.
Hujjatga muvofiq, 320 ta tibbiyot muassasasi jihozlanishi ko‘zda tutilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularga jami 35 nomdagi 8 439 dona tibbiy asbob-uskunalar xarid qilinadi.
Loyihani ng umumiy qiymati 88,78 mln dollar bo‘lib, shundan 74 mln dollari qarz mablag‘lari, 14,78 mln dollari esa soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklidagi O‘zbekiston tomonining ulushi hisoblanadi.
Ushbu qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijrochi organ etib O‘zbekiston SSV belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter