Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston suvni tejash bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinni egallamoqda

O‘zbekiston suvni tejash bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinni egallamoqda

Butun dunyoda suv tanqisligi global muammoga aylanmoqda. Bu muammo Markaziy Osiyo mintaqasini ham chetlab o‘tmagan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha suv resurslari Sirdaryo havzasida 5 foizgacha, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda.

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ham ushbu muommoga alohida e’tibor qaratilgan.

2017-2022 yillarda jami 1,4 mln. gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi. Shundan, 398 ming ga tomchilatib, 31 ming ga yomg‘irlatib, 16 ming ga diskret sug‘orish, 273 ming ga egiluvchan quvur, 236 ming ga egatga plyonka to‘shab sug‘orish joriy etilib, 452 ming ga lazerli tekislandi. Natijada 3 mlrd.m3 suv iqtisod qilinib, qo‘shimcha 400 ming ga maydonda suv ta’minoti yaxshilandi.

Suv tejovchi texnologiyalarni mahalliylashtirish darajasi 80 foiz bo‘lib, mamlakatda bu bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni 50 tadan oshgan. O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Osiyoda to‘rtinchi va dunyoda 13-o‘rinni egallaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring