Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mevalari asosan qaysi davlatlarga sotilgani aytildi

O‘zbekiston mevalari asosan qaysi davlatlarga sotilgani aytildi

2023-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga O‘zbekiston dalalarida yetishtirilgan 1 mln 246,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 142,1 ming tonnaga ko‘p.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (42 foiz), Pokiston (15,4 foiz), Qozog‘iston (12,1 foiz) hamda Qirg‘iziston (8,4 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun, hisobot davrida meva-sabzavot eksportidan budjetga tushum oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini, aniqrog‘i 763,6 mln AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 foizga ko‘p (jami eksportdagi ulushi 4,6 foiz) deganidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring