Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elektromobillar bozorida savdo ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda

O‘zbekiston elektromobillar bozorida savdo ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda

O‘zbekiston elektromobillar bozorida savdoning salbiy dinamikasi saqlanib qolmoqda. Ushbu segmentda sotuvlar ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda, o‘tgan oy 30 foiz pasayish qayd etildi.

Bu Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyat tahliliga bag‘ishlangan aborotida qayd qilinmoqda.

Markaz tahlillariga ko‘ra, noyabr oyida 1,9 mingta yengil elektrokar sotilgan va bu oktyabr oyiga nisbatan 800 ta avtomobilga kam deganidir.

O‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan elektromobillar savdosi 6,5 baravar oshdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon respublikada elektromobillar savdosi 3,4 barobar oshdi.

Elektromobillarning birlamchi bozorida sotuvlar biroz turlanib turdi: noyabr oyidagi pasayish oktyabr oyidagi 35 foizga nisbatan 28 foiz pasayishni ko‘rsatdi. Umuman olganda, bu yerda sotuvlar yil davomida 10 barobar oshdi.

Ikkilamchi bozorda esa savdo 36 foizga qisqardi, ya’ni haydalgan mashinalar sotuvi 250 donaga kamaydi. Yil davomida esa ushbu segment 3 barobar o‘sdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring