Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillar sotuvi 1,4 baravarga pasaygan

O‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillar sotuvi 1,4 baravarga pasaygan

Iyun oyidagi tadqiqot natijalariga ko‘ra, yengil avtomobillar segmentida iyun oyida sotuvlar hajmi 13,3 foizga, ya’ni 77,6 ming donagacha pasayishi yuz berdi.

Yengil avtomobillar bozori yil hisobida ham qisqardi, bu yo‘nalishda sotuvlar bir yilda 1,4 baravarga pasaygan.

Hududiy kesimda iyun oyida eng katta pasayish Surxondaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – o‘rtacha 22 foizga – qayd etildi.

Shu bilan birga, ba’zi hududlarda sotuvlar oshgani kuzatilgan. Xususan, 6 oyda Xorazm va Navoiy viloyatlarida o‘tgan yilning muqobil davriga solishtirganda o‘rtacha 7 foizlik ijobiy dinamika kuzatilmoqda.

2024 yilning birinchi yarmi yakunlariga bo‘yicha O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi 580 ming donani tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 19 foizga pastdir. Bu nafaqat oldin ekspluatatsiyada bo‘lgan avtomobillarga talabning pasayishi bilan, balki avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining murakkablashishi hamda rasmiylashtirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish qiymatining oshishi bilan ham izohlanadi.

«Shunday qilib, sotuvlar umumiy hajmining 97,3 foizi to‘g‘ri keluvchi yengil avtomobillarning ikkilamchi bozorida talablarning qattiqlashishi va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarining qimmatlashishi oldi-sotdi bitimlari sonining qisqarishiga ta’sir qildi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobil bozorida umumiy savdo ko‘rsatkichlariga aks ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin», – deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida.

Jumladan, yengil avtomobillarning birlamchi bozorida yillik hisobda faollikning kichikroq – 5,3 foizga pasayishi qayd etildi.

Ikkilamchi bozorda esa sotuvlar yillik hisobda 1,6 baravardan ko‘pga qisqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring