OTB O‘zbekistonda tijorat elektromobillarini ommalashtirish uchun kredit ajratadi
Transport vazirligida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan Yashil iqlim fondining «Elektromobillik dasturi»ni moliyalashtirishga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tansport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda OTB vakillari ishtirok etgan.
Uchrashuvda ta’kidlanishicha, ushbu dastur yetti mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur dasturni moliyalashtirish uchun esa OTB O‘zbekistonga 170 mln AQSh dollari (zayom mablag‘ining 65 mln dollari grant va qolgan 105 mln dollari qarz) ajratishini ma’lum qilgan.
Tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ushbu dastur, elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini ta’minlash, shuningdek, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter