O‘quvchi va talabalar uchun «Shaxmat stipendiyasi» ta’sis etilyapti
Prezident Mirziyoyev joriy yil 8-may kuni 2026-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishga doir qarorini imzoladi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab «Shaxmat stipendiyasi» ta’sis etiladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida «Maktab ligasi», «Akademik litsey ligasi», «Professional ta’lim muassasalari ligasi» va «Talabalar ligasi» musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida «Shaxmat stipendiyasi» bilan rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, 2024-yilning yanvaridan e’tiboran shaxmat to‘garaklarini tashkil etish uchun davlatga qarashli binolar hamda hududlardagi «Yoshla markazlari»dan ijara to‘lovisiz joylar ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter