Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy Yevroittifoqdan hududi orqali o‘tayotgan o‘zbeklarni qattiq nazorat qilishni so‘ramoqda

Oq uy Yevroittifoqdan hududi orqali o‘tayotgan o‘zbeklarni qattiq nazorat qilishni so‘ramoqda

AQSh hukumati Yevropa Ittifoqini Shengen davlatlari hududidan o‘tayotgan o‘zbek va tojiklar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqiryapti, deb yozadi Bloomberg.

Ya’ni, AQSh rasmiylari Yevropa Ittifoqidan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun aeroportlarda tranzit vizalar joriy etishni talab qilmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, bu ehtimoliy terrorchilarning AQShga kirib kelishini oldini olishga urinish bilan bog‘liq.

Bu so‘rov joriy yilda bir guruh muhojirlar Qo‘shma shtatlarning janubi-g‘arbiy chegarasidan IShIDga aloqador kontrabandachi yordamida AQShga kirgani voqeasidan keyin berilgan.

Shundan so‘ng Oq uy xorijliklarning Yevropa aeroportlari orqali tranzit o‘tishidan xavotir bildirgan va IShIDga aloqador odamlar mamlakatga noqonuniy kirishga urinishi mumkin, deb gumon qilmoqda.

«Bayden ma’muriyati Yevropa Ittifoqi va bir qancha a’zo davlatlarni Markaziy Osiyoning ayrim davlatlaridan kelgan sayohatchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rishi haqida ogohlantirdi. Bu, so‘rov bilan tanish bo‘lgan odamlarga ko‘ra, ehtimoliy terrorchilarning AQShga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarning bir qismidir», – deyiladi nashr xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring