Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«OLX.uz»dagi firibgarlardan biri qo‘lga tushdi

«OLX.uz»dagi firibgarlardan biri qo‘lga tushdi

«OLX.uz» e’lonlar programmasida Toshkent shahridan ijaraga uy berish haqida bir nechta e’lonlar joylashtirib, fuqarolardan oldindan to‘lov uchun 1 million so‘m pul olib, so‘ng yo‘qolib qolgan firibgar ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida yashovchi 28 yoshli B.R va Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 27 yoshli S.K lar ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, «OLX» e’lonlar platformasida Toshkent shahridan ijaraga xona berilishi borasida joylashtirilgan xabar asosida soxta ijaraga beruvchiga oldindan to‘lov qilish maqsadida, bank kartasiga 1 020 000 so‘m pullarni o‘tkazib, aldanib qolganliklarini ma’lum qilishgan.

O‘tkazilgan qidiruv tadbirlarida natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 22 yoshli S.S sodir etgani aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, S.S «OLX» platformasida poytaxtda ijaraga xona berilishi to‘g‘risida bir qator yolg‘on e’lonlar joylashtirib, ijaraga xona olish istagini bildirgan B.R dan 700 ming so‘m va S.K dan 320 ming so‘m pulni ularni ishonchiga kirib, «avans» tariqasida bank kartasiga o‘tkazib olgan. Shundan so‘ng jinoyatchi ular bilan aloqani uzib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan S.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring