Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Olmaotada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

30-noyabr, payshanba kuni Qozog‘istonning Olmaota shahri Adi Sharipov ko‘chasida joylashgan mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonlik fuqarolarining vafoti haqidagi xabarlarni tasdiqlab, ularning shaxsiga oid ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi.

Agentlikka ko‘ra, halok bo‘lganlarning ikki nafari – 2000-yilda tug‘ilgan N.A. va 2000-yilda tug‘ilgan S.K. lar O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda mazkur holat O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan hamda vafot etgan vatandoshlarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilyapti. 

Eslatib o‘tamiz, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergov-surishtiruv ishlarini boshlagan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan mamlakat prezidenti ham munosabat bildirdi. To‘qayev halok bo‘lgan mamlakat fuqarolar va xorijliklarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildirib, ushbu yong‘inda aybdor tomonlarning qonuniy jazoga tortilishini, jabrlanganlarga esa yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring