Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukus shahri va viloyat markazlari uchun mingta avtobus sotib olinadi

Nukus shahri va viloyat markazlari uchun mingta avtobus sotib olinadi

Vazirlar Mahkamasining 92-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi.

Mazkur Dasturga muvofiq 2024-yilda Xitoy Eksimbanki Transport vazirligiga tabiiy gazda harakatlanuvchi 1000 dona avtobus hamda «Toshshahartransxizmat» korxonasi uchun 200 dona elektrobus xaridi uchun jami 180 mln dollar miqdorida qarz mablag‘lari ajratadi.

Jumladan, Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun 1000 dona siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi katta sig‘imli avtobuslar xarid qilish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotdan 120 mln dollar jalb qilinadi.

Shuningdek, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan harakat tarkibini 200 dona katta sig‘imli elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalarini xarid qilish yo‘li bilan yangilashni tashkil etish uchun esa Xitoy Eksimbankidan 60 mln dollar jalb qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring