Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noyabrda Toshkentdagi ijara uylari narxlari arzonlagan

Noyabrda Toshkentdagi ijara uylari narxlari arzonlagan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlari tahlilida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlarining o‘zgarishiga oid malumotlar ham ko‘rsatib o‘tildi.

Unga ko‘ra, noyabr oyida poytaxtda ijara narxlarining pasayishi qayd etilgan.

Ya’ni oktyabr oyiga nisbatan noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joy narxi 5,8 foizga arzonlagan. Shu bilan birga, yil boshidan beri poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 35 foizdan oshib, 1 kvadrat metr uchun deyarli 10 dollarni tashkil etgan.

Markaz tahlillariga ko‘ra, 1 kv.m uchun eng yuqori ijara narxi Shayxontohur (13,2 doll.), Mirobod (12,3 doll.) va Yakkasaroy (12,2 doll.) tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon narxlar Uchtepa (8,1 doll.), Sergeli (7,2 doll.) va Bektemir (6 doll.) tumanlarida qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring