Novosibirskdagi masjidda sodir bo‘lgan migrantlar bilan bog‘liq holatga izoh berildi
Rossiyaning Novosibirsk shahri Mir ko‘chasida joylashgan jome masjidida 18-may kuni juma namozidan so‘ng hovli darvozalari berkitib qo‘yilgani va politsiya xodimlari tomonidan markaziy osiyolik migrantlarning pasportlari tekshirilgani haqida xabar tarqalgan edi.
Unda hujjat yo‘q bo‘lgan xorijliklarni avtobuslarga solib olib ketishgani qo‘shimcha qilinadi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, Novosibirsk shahrining Mira ko‘chasida joylashgan masjidda mehnat migrantlari tegishli idoralar tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatilib, olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tekshirish jarayoni Rossiya hududiga tashrif buyurgan barcha davlatlarning fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan.
Ushbu masala Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter