Nodirbek Abdusattorovdan navbatdagi yurish: u hamon turnir peshqadami
![Nodirbek Abdusattorovdan navbatdagi yurish: u hamon turnir peshqadami](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1669547427.jpg)
Nodirbek Abdusattorov Niderlandiya turnirining 6-turida ham yetakchilikni saqlab qoldi.
20-yanvar, juma kuni Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha davom etayotgan «Tata Steel Chess-2023» turnirining 6-tur bahsida Nodirbek Abdusattorov (2 713) hindistonlik Praggnanada (2 684) bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv yakunida durang qayd etilganiga qaramay, Nodirbek 4,5 ochko bilan «Masters» guruhida peshqadamiligicha qolmoqda.Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov (2 654) ham Braziliya vakili Luis Paulo Supi (2 608) bilan ochkolarni teng bo‘lishib olgan.
Hozirda Javohir 4 ochko bilan «Challangers» guruhida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, hali turnir so‘ngiga qadar yana 7 ta raund bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter