Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodir metallarni qayta ishlash bo‘yicha 28,6 mln dollarlik loyihalar ishlanmoqda – «Olmaliq KMK»

Nodir metallarni qayta ishlash bo‘yicha 28,6 mln dollarlik loyihalar ishlanmoqda – «Olmaliq KMK»

Joriy yilning oktyabr oyida Olmaliq kon metallurgiya kombinatida nodir metallardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi. Bu haqda bugun, 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida korxona mutasaddilari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishdagi loyihalar amalga oshishi natijasida 11 ta mahsulot turlari (volfram 3 oksidi, volfram shtabigi, molibden shtabigi, volfram karbidi, VK,TK  markali qattiq qotishmalar) ishlab chiqariladi va 165 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, 23,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.

Jumladan, Nodir metallardan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 28,6 mln dollarlik 11 ta loyiha doirasida ishlar olib borilmoqda. 

Anjumanda ta’kidlanishicha, Prezidentning «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida Olmaliq kon metallurgiya kombinati zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Farmon ijrosi yuzasidan 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan «Olmaliq KMK» AJ «Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi»ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ishlab chiqildi.  

Shuningdek, mis asosida rangli metallarni qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati 13,0 mln dollarlik 3 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Ayni kunlarda ushbu yo‘nalishda birlashmada Germaniyaning «Falk Porshe Technik Gmbh» kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etildi.

Ushbu yo‘nalishda shuningdek, «Falk Porshe Technik Gmbh» kompaniyasi bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonada umumiy qiymati 19 mln dollar bo‘lgan 4ta loyiha ham amalga oshiriladi. Mazkur loyihalar ishga tushishi natijasida 36,4 mln dollarlik 15ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi va 155ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring