Nodavlat maktablarga borgan o‘quvchilar uchun kompensatsiya to‘lab beriladi – loyiha
Prezidentning tegishli qarori loyihasi bilan tasdiqlanishi rejalashtirilayotgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasiga ko‘ra, 2023-yilning dekabriga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda tadbirkorlarga yengillik yaratishga doir hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Unda jumladan, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tomonidan 1-sinfga qabul qilinadigan har bir bolaga Davlat budjetdan oyiga 450 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.
Shuningdek, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplab berish amaliyotini kiritish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter