Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 350 metr «truba»larni o‘g‘irlab ketayotgan shaxs ushlandi

Navoiyda 350 metr «truba»larni o‘g‘irlab ketayotgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 27-yanvar kuni soat Navoiy viloyati «Navoiy azot» korxonasiga tegishli hududda Qo‘riqlash-patrul xizmati xodimlari tomonidan o‘g‘rilik jinoyati fosh qilindi.

Xabarda aytilishicha, ular noma’lum shaxsning hech qanday hujjatlarsiz 300 mm diametrdagi, jami 30 dona metall quvurlarni maxsus texnika yordamida yuklayotganligiga guvoh bo‘lgan.

So‘ng ular voqea joyiga Navoiy shahar IIB Tezkor-tergov guruhini chaqiradi va vaziyat o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Dastlabki o‘rganishlar jarayonida umumiy uzunligi 350 metr, qiymati 40 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 23 tonna metall quvurlarni talon-taroj qilmoqchi bo‘lgan shaxs 1988-yilda tugilgan Qiziltepa tumanida yashovchi O.X., ekanligi aniqlanadi.

Hozirda Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring