Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy sudi qator telegram kanallarini «taqiqlangan» deb topdi

Navoiy sudi qator telegram kanallarini «taqiqlangan» deb topdi

Navoiy viloyat prokuraturasi Telegram messenjeridagi qator kanallarni «taqiqlangan» deb topish haqida viloyat sudiga ariza kiritgan.

Prokuratura o‘z arizasida mazkur kanallarda tarqatilayotgan materiallarni aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topish va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, saqlash, tarqatishni taqiqlash kerakligini bildirgan.

Ular:

  • Abdulloh Zufar Hafizahulloh;
  • Musnad hadislari;
  • Ustozlar darsliklaridan;
  • Tavxid;
  • Ustoz Abdulloh Zufar Hafizahulloh kanallari bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining hal qiluv qaroriga asosan prokuraturaning so‘rovi qanoatlantirilgan.

Ya’ni sud tomonidan mazkur kanallarda tarqatilayotgan materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topildi.

Sudning tegishli qaroriga asosan ushbu manbalarda tarqatilayotgan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, hududda har qanday yo‘l bilan saqlash, tarqatish taqiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring