Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda xonadonda gaz portladi. Uy egasining ikki farzandi jabrlangan

Namanganda xonadonda gaz portladi. Uy egasining ikki farzandi jabrlangan

Bugun, 13-yanvar kuni soat 02:30 larda Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Namangan tumanidagi Navro‘z mahallasida joylshgan xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasi chaqnagan.

Sodir bo‘lgan chaqnash natijada xonadon egasining 1992-yilda tug‘ilgan qizi 70 foiz hamda u bilan birga yashovchi farzandi 2014-yilda tug‘ilgan o‘g‘li 8 foiz kuyish tan jarohatini olishgan.

Viloyat FVBga ko‘ra, chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, uyning derazasi joyidan ko‘chgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga yashash uyiga o‘rnatilgan o‘tin va tabiiy gazga moslashtirilgan tunika isitish pechida tabiiy gazdan foydalanish va gaz jo‘mragi ochiq qolishi sabab bo‘lgan.

Uy egasining o‘zi tomonidan elektr chirog‘ini yoqish oqibatida esa gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring