Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobil dastur yordamida odamlarni «shilib» kelgan talaba va tadbirkor 5 yilga qamaldi

Mobil dastur yordamida odamlarni «shilib» kelgan talaba va tadbirkor 5 yilga qamaldi

Mobil dasturlar yaratib, ular orqali o‘zgalarning plastik kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlagan kiberfiribgarlarga sud hukmi o‘qildi.

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi Nodirbek Raimqulov raisligida o‘tgan sud tergovida ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi tadbirkor Sh. Sh. hamda Turin politexnika universiteti talabasi A. Yu. ham axborot tizimi orqali odamlarni «chuv» tushirish rejasini tuzgan. 

Ular internet ijtimoiy tarmog‘idan foydalanib, «Agrobank mobile» zararli ilovasini yaratadi. Mazkur ilova orqali fuqarolarning plastik kartasidan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Dastur yordamida fuqaro A. N.ning plastik kartasidagi 47 million 235 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini birjada kriptovalyutaga almashtirgan holda mazkur mablag‘larni yashirin ravishda talon-toroj qiladi. 

Bundan tashqari, fuqaro O. J.ning kartasidagi 45 million 225 ming so‘m so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini ham kriptovalyutaga almashtirgan holda o‘zlashtirib olgan. 

Farg‘ona viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha tezkor texnik tadbirlar o‘tkazilib, ikki firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi.

Sudlanuvchilarga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring