Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Qatarning sobiq Bosh vazirini qabul qildi

Mirziyoyev Qatarning sobiq Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-noyabr kuni Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida ayni kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Mirziyoyev va Hamad bin Jassim Ol Soniy O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasi, Toshkent shahrida yirik logistika markazi, savdo va turar-joy majmuasini qurish, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish, aeroportlarni modernizatsiya qilish, shuningdek, energetika, metallurgiya, to‘qimachilik sanoati, chorvachilik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.

Ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma fond tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi.

Loyihalar qo‘shma «yo‘l xaritasi» asosida amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring