Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev dunyoning yetakchi olimlarini O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev dunyoning yetakchi olimlarini O‘zbekistonga taklif qildi

BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zlagan davlatimiz rahbari Toshkentdagi «Yashil universitet» negizida tashkil etilayotgan «Iqlim ilmiy forumi»da dunyoning yetakchi olimlari va ekspertlarini ishtirok etishga chaqirdi.

«Yer degradatsiyasining oldini olish, suvdan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta’minlash va boshqa o‘tkir masalalar Forumning kun tartibidan joy oladi, deb ishonaman», – degan Prezident.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 2024 yili O‘zbekistonda «Iqlim migratsiyasi» mavzusida konferensiya o‘tkazish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Davlatimiz rahbari Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda «Yashil bandlik» dasturi”ni ishlab chiqish, iqlim o‘zgarishining bandlikka ta’sirini Modellashtirish markazini tashkil etishni taklif qildi.

«Iqlim muammolarini samarali yechishga yoshlarni faol jalb qilish uchun BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi Yoshlar forumini yuqori darajada tashkil etishga tayyormiz», – deya qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida so‘zlagan nutqida barchani kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatni teran anglagan holda iqlim o‘zgarishiga qarshi birdamlikka chaqirdi

Davlat rahbari bu borada bir qator amaliy takliflar bildirdi. Jumladan, Parij shartnomasi doirasida Iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasidagi Global hadli mexanizmni tezroq kelishish tarafdori ekanligimizni ma’lum qildi.

«Bu ezgu maqsadda kelgusi yili Samarqand xalqaro iqlim forumini o‘tkazish va mintaqaviy yondashuvlarimiz o‘z ifodasini topgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining alohida rezolyusiyasini qabul qilish tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman», — dedi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishida O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha umumbashariy g‘oyalarga doimo sodiq ekanini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring