Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mir» kartalariga xizmatni qayta tiklash kun tartibida emas – Nurmuratov

«Mir» kartalariga xizmatni qayta tiklash kun tartibida emas – Nurmuratov

O‘zbekiston tijorat banklari ayni damda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishda xavf ko‘ryapti. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratovga tayanib ma’lum qilmoqda.

«Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash masalasi hali kun tartibida emas», – degan Mamarizo Nurmuratov  Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan II Xalqaro iqtisodiy forum doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Markaziy bank rahbari, shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari ushbu tizimda ishlayotganini va «hozirda ular uchun ikkilamchi sanksiyalar xavf solayotganini» ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 23-sentyabrdan boshlab Yagona umumrespublika protsessing markazi texnik sabablarga ko‘ra Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini O‘zbekistonda qabul qilishni to‘xtatgan edi. Bir qator banklarning saytlarida shunday qo‘shma kartalar haqidagi bo‘limlar olib tashlandi.

Ushbu cheklov O‘zbekiston hududida amal qiluvchi Uzcard-«Mir» qo‘shma kartalariga ta’sir qilmagan.

Xususan, AQSh moliya vazirligi «Mir» to‘lov tizimi bilan ishlayotganlar uchun sanksiyalar qo‘llashga tayyorligini e’lon qilganidan so‘ng Turkiya, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston kabi ko‘plab mamlakatlarda Rossiya kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring