Barcha «metan zapravka»lar jadval bilan ishlash tartibiga o‘tadi
2022-yil 9-noyabrdan respublikadagi barcha avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga o‘tkaziladi.
«O‘ztransgaz»ga ko‘ra, bu tartib ob-havoning sovushi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Korxona, shuningdek, joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik ekanligini, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytishini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, «vaqtinchalik noqulayliklar uchun» uzr ham so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter