«Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» formatidagi navbatdagi sammit O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Cho‘lponotadagi uchrashuv ishtirokchilari Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi to‘liq formatli sammitini kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.
Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi bugungi sammitdagi nutqida ma’lum qilib o‘tdi.
«Muloqotlarimizni muntazam o‘tkazib borish to‘g‘risidagi taklifni ham qo‘llab-quvvatlayman.
Ushbu formatdagi ilk sammitni kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish borasidagi tashabbusimiz qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik izhor etaman», – deydi Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, bugungi uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari chiqishlaridagi mintaqa va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni e’tirof qilib, bildirilgan takliflar ekspertlar tomonidan o‘rganilishi muhimligini hamda uchrashuv yakunlari bo‘yicha alohida «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va qabul qilish lozimligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter