Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank aholi pul o‘tkazmalarini soliqchilar nazorat qilishiga munosabat bildirdi

Markaziy bank aholi pul o‘tkazmalarini soliqchilar nazorat qilishiga munosabat bildirdi

Bugun, 4-may kuni Markaziy bank Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan MB Raisi ishtirokidagi matbuot anjumanida Iqtisodiyot va moliya vazirligining jismoniy shaxslar bank kartalari orqali amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarini nazorat qilish tashabbusi haqida so‘raldi.

MB Raisi Mamarizo Nurmuratovning bildirishicha, idora bu borada vazirlikka o‘z salbiy qarashlarini yetkazgan.

«R2R o‘tkazmalari bo‘yicha bank siriga oid ma’lumotlarning soliq organlari nazoratiga o‘tishi bo‘yicha Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘zining salbiy qarashlarini yetkazgan. Bu bo‘yicha Markaziy bank pozitsiyasi OAVlarda yangrayotgan fikrlardan ko‘ra qat’iyroq», – deydi Nurmuratov.

Mavzuga doir:

Pul o‘tkazmalaridagi «qo‘shimcha to‘lov» o‘zbekistonliklarning bo‘ynidami? 

Endi jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari soliqqa tortilishi mumkin 

Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari soliqqa tortilishiga izoh berildi 

Aholi bank kartalaridagi pul o‘tkazmalarini nazorat qilish yangi Konstitutsiyaga zid – iqtisodchi 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring