Magistratura qishki qabulida til bilish sertifikatiga doir yengillik berildi
2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.
Muhim jihati o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Tanlov natijalari bakalavriat diplomning o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra abituriyent filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter