Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyadagi o‘zbekistonliklardan gavjum tadbirlarga bormaslik so‘ralyapti

Koreyadagi o‘zbekistonliklardan gavjum tadbirlarga bormaslik so‘ralyapti

Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarni odamlar gavjum tadbirlarga bormaslikka chaqirmoqda.

Elchixona o‘tgan yilning 29-oktyabrida nishonlangan Hellouin bayrami Seulda katta tiqilinchni keltirib chiqargani va oqibatda nafas qisilishi va yurak to‘xtashidan 156 kishi halok bo‘lib, 196 kishi jarohatlanganini eslatmoqda.

Ushbu fojeada 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham hayotdan ko‘z yumgan edi.

«Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan vatandoshlarimizga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni tavsiya qiladi», – deyiladi diplomatik vakolatxona murojaatida.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda elchixonaning mas’ul xodimlari bilan quyidagi raqamlar bilan – 010-6802-1969, 010-2909-4334, 010-3213-4505 bog‘lanish so‘ralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring