Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kompromatuzb» ishi: prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil «so‘radi»

«Kompromatuzb» ishi: prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 6 yil «so‘radi»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudida yopiq ko‘rilayotgan «Kompromatuzb» ishi muzokarasi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishda davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etayotgan Shayxontohur tumani prokurorining katta yordamchisi Berdiqilicheva suddan sudlanuvchi Mavjuda Mirzayevaga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish va uch yilga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishni ta’qiqlashni so‘radi.

«Ezgulik» Inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, sudning ish kuni nihoyasiga yetgani bois prokuror muzokarani chala qoldirishga majbur bo‘lgan. Ya’ni, muzokara chog‘ida Mirzayeva bu jazoni qanday tartibdagi koloniyada, qay tarzda o‘tkazishiga oid masala keyingi sud majlisiga qolgan. Shuningdek, boshqa jurnalistlarga ham qonun tartibida jazo belgilash prokuror tomonidan so‘raladi va advokatlarga ham himoya so‘zi uchun navbat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoiy ish doirasida jurnalistlar X. Daliyev, M. Mirzayeva va S. Hoshimov hamda fuqaro A. Ahmadjonovlar  mahkamaga tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring