Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelgusida Toshkentda avtobuslar qatnovidagi oraliq 5-8 daqiqagacha qisqartiriladi

Kelgusida Toshkentda avtobuslar qatnovidagi oraliq 5-8 daqiqagacha qisqartiriladi

Bugungi kunda Toshkent shahrida 5 mln aholi bo‘lib (doimiy yashovchi 2,9 mln, kunlik shaharga kelib ketuvchi 1,5 mln, vaqtinchali istiqomat qiluvchi aholi 0,5 mln), aholining soni yiliga o‘rtacha 100 mingtaga oshmoqda. Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 760 ming avtotransport mavjud bo‘lib (yiliga 76 mingtaga ortib bormoqda), transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy yo‘l ko‘cha tarmoqlari uzunligi 470 km ni tashkil qiladi. Bu esa 380-400 ming avtotransport harakatlanishiga mo‘ljallangan.

Shu bilan birga kunlik shaharga kirib chiquvchi avtotransport soni 160-220 ming bo‘lib, kun davomida shahar yo‘llarida 900 mingga yaqin avtotransport navbatma navbat harakatlanmoqda. Bu esa yo‘l tarmog‘ida bir vaqtning o‘zida harakatlanish sig‘imidan 2 barobar ko‘p bo‘lgan avtotranportlar harakatlanayotganini anglatadi.

Transportda harakatlanishning 25 foizi, ya’ni 1,5 millioni avtobus, metro va mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni shaharda kun davomida harakatlanadigan 900 ming avtotransportda amalga oshiriladi.

Transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yo‘qligi, doimiy tirbandliklarda harakat tezligi 7 km/soatgacha tushub ketishi, aholining yo‘lga sarflaydigan vaqti bundan 3-4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg‘i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida, iqtisodiy yo‘qotishlar ham ortib bormoqda.

So‘nggi yillarda jamoat transportini isloh qilish yuzasidan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Renovatsion loyihalar va xaridlar natijasida, bugungi kunda jamoat transporti harakat tarkibining soni 1 959 tani (2022-yilda 1 485 ta), harakat tarkibining o‘rtacha yoshi 3,5 yil (2022-yilda 7,5 yil), jamoat transportidan foydalanish darajasi 24 foizni (2022-yil 19 foiz), yangi yo‘nalishlar tarmog‘i 167 tani (2022-yilda 144 ta), avtobuslarning kunlik qatnovlar soni 25 404 tani tashkil etishi hisobiga (2022-yilda 14 999 ta) jamoat transportining oraliq intervalini 18-20 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqartirishga erishilgan.

2030-yilda esa harakat tarkibi sonini 2 247 taga, harakat tarkibining o‘rtacha yoshini 2,6 yilga, jamoat transportidan foydalanish darajasi 40 foizga, yangi yo‘nalishlar tarmog‘i sonini 178 taga ko‘paytirilishga, qatnovlar sonini 27 412 taga yetkazishga va natijada oraliq intervallarni 5-8 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring