Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar to‘liq davlat tomonidan himoyalanadi

Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar to‘liq davlat tomonidan himoyalanadi

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan kasb kasalliklarini oldini olish, mehnat va davolash reabilitatsiyasi uchun 2021–2023-yillarda respublikaning ko‘plab ishlab chiqarish tashkilotlari ishchilarini profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.

Respublikamizda kasb kasalliklarini oldini olish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Ya’ni:

  • mehnat sharoitlarini muxofaza qilish va yaxshilash;
  • tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatish.

Jumladan,  Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Chirchiq shaxridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi, Sherobod sement zavodi, Bektemir metal zavodi, Toshkent metal zavodi, Logistika xizmati tashkilotlari, OOO AKFA FOOD va boshqa tashkilotlarning 20 000 dan ortiq xodim davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslashtirilgan klinika bo‘lib, 100 o‘ringa ega. Unda har yili respublikaning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolanish va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator sharoitida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ular zararli va xavfli omillar ta’sirida faoliyat olib borgan 80 dan ortiq asosiy ishlab chiqarish korxonalarining ishchilaridir.

So‘ngi bir yildagi o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar xulosalari asosida 9800 nafar ishchi-xodimga ishga yaroqlilik ekspertiza hulosalari berilgan, aniqlangan tashxislarga ko‘ra tekshirilganlarning 42 foiziga zarur davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalashtirildi, 2 foiziga statsionar, 4 foiziga sanatoriy-kurortlarda davolanish, 4116 nafar ishchiga shifokor nazoratida bo‘lish, 290 nafar ishchiga sog‘lig‘i xolatiga ko‘ra yengil yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha  tavsiyalar berildi.

Kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida dispanser nazoratida turadi. Ular davlat tomonidan himoyalangan bemorlar guruhiga kiradi va klinikada har yili bepul davolanish, tekshirish va reabilitatsiya huquqiga ega.

Avvalroq sug‘urta kompaniyasi Ombudsman aralashuvi bilan kasb kasalligiga chalingan shaxsga 191 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring