Joriy yil oxirigacha Xorazmga Xitoydan 100 ta avtobus keltiriladi
Xorazmda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Bunyodyo‘lovchitashish» MChJ Xitoyning «Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd.» zavodi bilan shahar yo‘nalishlari uchun 100 ta avtobus sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R.Babayev tashabbuskor tadbirkorlar bilan birgalikda XXRda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari davomida Xitoy kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, sotib olinadigan avtobuslarni yetkazib berilishi, mazkur avtobuslarga servis xizmati ko‘rsatish va doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zavod vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda, shuningdek, yana bir qator kelishuvlarga ham erishilgan.
Shartnomaga ko‘ra, avtobuslar joriy yilning yakuniga qadar Xorazmga olib kelinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter