Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi 700 gektardan ortiq pistazorlar aholiga bo‘lib beriladi

Jizzaxdagi 700 gektardan ortiq pistazorlar aholiga bo‘lib beriladi

Ayni paytda Prezident Mirziyoyev ishtirokida Jizzaxda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda viloyatning Zarbdor tumani hududidan o‘tgan Qo‘qon – Jizzax avtomobil yo‘li chetidagi 55 gektar, Yangiobodda 700 gektar eski pistazorlarni yangilab, 5 gektardan aholiga bo‘lib berish taklifi ma’qullandi.

Shuningdek, Zarbdorda sotilmay qolayotgan 10 ta va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 6 ta obyektning boshlang‘ich bahosini 10 foizgacha pasaytirib, 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilsa, tadbirkorlar loyiha qilishi va 200 ta ish o‘rni yaratilishi mumkinligi ta’kidlandi.

«Mana, birgina tumanni o‘zida qancha imkoniyat! Qo‘shimcha 5 mingta ish o‘rni, kamida 50 million dollar eksport, tuman budjetiga qo‘shimcha 80 milliard so‘m tushum», – dedi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring