Jizzaxda yuk mashinaning yarimtirkamasi uzilib, yo‘lga chiqib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinaning yarimtirkamasi yo‘lda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 iyun kuni soat taxminan 15:30 larda Toshkent shahrida yashovchi haydovchi «CHACMAN / L3000» rusumli yuk avtomashinasini Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 1010 km.da «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida yo‘lning dovon qismida harakatlanib ketayotib, ushbu yuk avtomashinasiga ulangan uzun o‘lchamli yuklarni tashishga mo‘ljallangan yarimtirkama uzilib ketgan.
Natijada, ushbu yarimtirkama yo‘lning dovon qismidan pastga qarab yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqlarga sidirilib 400-500 metr masofagacha harakatlanib to‘xtagan.
Surishtiruv davomida ushbu yarimtirkama yuk avtomashinasiga ulanadigan qismidan qo‘porilib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan va yo‘lovchi avtomashinalarga ham shikast yetmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter