Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda kanaldan chaqaloqning jasadi oqib kelgan. Prokuratura tekshiryapti

Jizzaxda kanaldan chaqaloqning jasadi oqib kelgan. Prokuratura tekshiryapti

Joriy yilning 21-iyun kuni Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotida chaqaloq o‘lik holatda tug‘ilganligi ma’lum qilingan.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda hodisaga aloqador bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring