Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba mashinasida 5 nafar o‘quvchini urib yubordi
Janubiy Koreyaning Chunchon-Namdo provinsiyasida o‘zbekistonlik 25 yoshli talaba boshqaruvidagi avtomobil 5 nafar o‘quvchini urib yubordi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodidasi oqibatida 4 nafar o‘quvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bir kishi yengil jarohat olgan.
Agentlikning yozishicha, O‘zbekistonlik talaba hibsga olingan. U avariya vaqtida uxlab qolgani taxmin qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter